Qidirish
23/11/24, 11:10
589

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yangi bog‘ga ko‘chat ekdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Daraxt ekish paytida davlat rahbari jamoatchilik vakillari va chet ellik diplomatlar bilan suhbatlashgan, ushbu tashabbusga hissa qo‘shayotgani uchun ularga minnatdorlik bildirgan.

“Bu an’ana o‘zi bizda bor. Xalqimiz tabiatni “ona” deydi, yerni, suvni e’zozlaydi. Buning zamiridagi haqiqat hozirgi ekologik muammolar ta’sirida yaqqol namoyon bo‘lyapti. Shuning uchun “Yashil makon” loyihasini boshladik. Kelgusi yil nomini ham atrof-muhitni asrash masalasiga bag‘ishladik. Endi bu tashabbuslar keng yoyilishi, ayniqsa, yoshlarimizga chuqur singishi zarur. Har bir xonadon, har bir korxona tabiatni asrashga hissa qo‘shishi kerak”, degan Mirziyoyev.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar jamoatchiligi ham kuzatgan. U yerlarda ham ko‘chatlar ekilgan. Qayd etilishicha, ushbu kuzgi mavsumda “Yashil makon” loyihasi doirasida 80 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.