Qidirish
06/11/24, 17:07
550

Qashqadaryo viloyati Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligida zamonaviy issiqxonada “Samila F1” bodring urug‘lari ekildi

Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligida Xitoy texnologiyasi asosida qurilgan zamonaviy issiqxonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha yangi loyihaga start berildi. Mazkur issiqxonada “Samila F1” bodring urug‘lari ekilib, intensiv usulda parvarishlanadigan ekin turlaridan biriga aylandi.

Zamonaviy issiqxonadan foydalanish mahalliy iqlim sharoitini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda. Yangi texnologiyalar asosida ekilgan “Samila F1” bodringi yuqori hosildorlikka ega bo‘lib, mahalliy bozor talabini qondirish va eksportga yo‘naltirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, issiqxona nafaqat hosildorlikni oshirish, balki ob-havo sharoitidan qat’i nazar, mahsulotlarni uzluksiz yetishtirish imkoniyatini yaratadi.

Loyiha doirasida Xitoy texnologiyasidan samarali foydalanib, energetika resurslarini tejash va tabiiy iqlimga moslashish imkoniyatlari kengaytirildi. Bu esa kelgusida ko‘proq hosil olish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi.

Ushbu issiqxonada ekish ishlari muvaffaqiyatli yakunlangach, mahsulotlarni mahalliy bozorga va xorijiy davlatlarga yetkazib berish rejalashtirilgan.