Qidirish
17/03/25, 16:51
359

Qizilqumda yaylovlar qayta tiklanmoqda

Qizilqum davlat o‘rmon xo‘jaligi va O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi Botanika instituti hamkorligida degradatsiyaga uchragan yaylovlarda izen, cherkez, qorabo'roq kabi galofit cho'l o'simliklarini ekish ishlari olib borilmoqda.

Jarayonga xo‘jalik tomonidan 10 nafardan ziyod ishchi, 3 ta texnika jalb etilgan. Agrotexnik tadbirlar Botanika institutining malakali ilmiy xodimlari maslahati asosida bajarilmoqda.

Aytish joizki, davlat o‘rmon xo‘jaligi tabiati o'zgaruvchan iqlimga ega. Yoz faslida havo harorati 35-40 gradusgacha isiydi. Hudud yerlari cho'l va chala cho'l barxan qumliklardan iborat.

Izen, cherkez, qorabo'roq cho'l o'simliklari urug'larining degradatsiyaga uchragan hududlarga ekilishi natijasida yaylov yerlarida aholining chorva mollari uchun to'yimli ozuqa zaxirasi jamg'ariladi. Eng asosiysi, sodir bo'ladigan chang va qum bo'ronlarining oldi olinadi.