Qidirish
12/07/23, 11:36
1901

Qonun ustuvorligi jamiyatning rivojiga xizmat qiladi

Mamlakatimizda qonuniylik va qonun ustuvorligini ta'minlashning tashkiliy-huquqiy asoslari ham yaratilgan. Shuningdek, ko‘plab qonunlarda qonun ustuvorligi, qonuniylikni ta'minlash faoliyatning asosiy printsiplari, vazifalari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 6 iyuldagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini hamda O‘rmon xo‘jaligi Davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 apreldagi 67- sonli Buyrug‘ini ijrosini ta'minlash maqsadida Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi binosida xo‘jalik xodimlari va “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazorat”ga mas'ul bo‘lgan viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Abdullayev U.O. ishtirokida davra suhbati ko‘rinishida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda U. Abdullayev korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish maqsadida tegishli tushuntirish ishlari olib bordi. Korruptsiyaning ayanchli oqibatlari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Ishtirokchilarga korruptsiyaga oid jinoyatlarni fosh qilinganligi to‘g‘risida misollar, videoroliklar namoyish etildi.

Shu bilan birgalikda, xo‘jalik mutasaddilari tomonidan O‘rmon xo‘jaligida qorruptsiyaga qarshi kurashish siyosati, tegishli dastur, “manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi” Nizom, Komplayens-nazorat to‘g‘risidagi Nizom va Xizmat tekshiruvlari o‘tkazish tartibi mazmun mohiyati to‘laligicha tushuntirildi.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati