Qoraqalpog’istonda “yashil qoplama” himoya o’rmonzorlari barpo etilmoqda
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi O'rmon xo'jaligi agentligi direktori Erkin Muhiddinov Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo’ynoq davlat o’rmon xo’jaligi faoliyati bilan tanishdi.
Dastlab, Agentlik rahbari Orol dengizining qurigan tubida daraxt ekish ishlarida qatnashayotgan ishchi xodimlar bilan uchrashib, ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashib, urug’lar va ko’chatlarni sifatli ekish bo’yicha tushunchalar berdi. Shuningdek, "Surgul" massivida 2018-2024-yillar davomida ekilgan “yashil qoplama” himoya o’rmonzorlari ko’zdan kechirildi.
Tadbir so'ngida Qoraqalpog’iston Respublikasining barcha o’rmon xo’jaligi rahbarlariga barpo qilinayotgan “yashil qoplama” himoya o’rmonzorlari uchun sifatli urug’larni o’z vaqtida yetkazib berish va ekish to’g’risida topshiriqlar berildi.