Qidirish
18/07/23, 16:43
19862

Qushlar haqida qanday ma'lumotlarga egasiz?

Bilasizmi, parvoz paytida laylaklar yerga cho‘kmasdan uxlab qolishga qodir. Dunyodagi eng kichigi tuxum – qo‘ng‘ir qushga tegishli. Qushlarning patlari uning suyaklaridan og‘irroq.

Qushlar haqida shu kabi qiziqarli ma'lumotlar juda ko‘p.

Xususan, eng og‘ir qush – dudaki. Chumchuq eng «aqlli» qush hisoblanadi, chunki 100 gramm chumchuq massasiga 4,5 gramm miya to‘g‘ri keladi. Parvoz paytida kal burgut oyoqlarini yuqoriga ko‘tarib, uchishni davom ettirishi mumkin.

Aslida yer yuzida 100 milliardga yaqin qushlar yashaydi, deb taxmin qilinadi. Ammo bugungi kunda odamlar yer yuzida yashaydigan qushlarning 10 ming 694 turini bilishadi.

O‘zbekiston faunasida qushlarning 19 turkumga oid 440 dan ko‘proq turi ma'lum. Yashash joyiga binoan qushlarni bir necha yirik ekologik guruxlar, o‘rmon qushlari, cho‘l va dasht qushlari, suv havzalari (suvda suzuvchi) qushlar, botqoq va sohil qushlariga; ular hayotining yil fasllari bo‘yicha o‘zgarishiga binoan uchib ketuvchi, ko‘chib yuruvchi va o‘troq qushlarga bo‘linadi.

Qushlarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati xilma-xil bo‘lib, o‘simliklarni changlantirish, ular urug‘larini tarqatish, zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni qirish (ular sonini boshqarish)dan iborat. Qushlar bog‘lar va donli ekinlarga ziyon yetkazadi, yuqumli kasalliklar tarqatadi. Qushlar ovlanadi, bir qancha turlari xonakilashtirilgan. Qushlarning tabiatdagi estetik ahamiyati ayniqsa katta, ularning sayrashi bog‘ va xiyobonlarni jonlantiradi, insonda zavqlanish hissini uyg‘otadi. Qushlarning turlari soni tobora kamayib bormoqda. 17-asr boshlaridan buyon 100 ga yakin Qushlar turi qirilib ketgan, bir qancha turlari yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Qushlarni muhofaza qilishga qadimdan harakat qilib kelinadi.

Inson tanasining o‘rtacha harorati qancha? To‘g‘ri, 36,6 gradus. Qushlarda bu ko‘rsatgich 8 gradusga yuqori. Qiyinroq… va shuning uchun ham qushlarning olgan nafasining 3/4 qismi tanasini sovutishga ketadi. Shuning uchun qushlar terlamaydi.

Uchish paytida qush yuragi daqiqasiga 1000 marta uradi, ya'ni soniyasiga 16 marta. Hordiq paytida bu ko‘rsatkich daqiqasiga 400 martaga teng. Va bu fakt qushlar haqidagi qiziq dalillar o‘nligining 9 pog‘onasini egallagan.

Bilasizmi, Yangi Zelandiyada olimlarga tanish yagona qanotsiz qush – kivi yashaydi, bundan tashqari uning dumi ham yo‘q, patlari esa junga o‘xshaydi. Agar ichki a'zolari tuzilishi va tumshug‘i bo‘lmaganda, uni sut emizuvchilarga xos deb bo‘lardi. Axir o‘zini tutishi va tashqi ko‘rinishi aslo qushga o‘xshamaydi.

Nega qushlar uchburchak shaklini hosil qilib uchadilar? Bu juda oddiy, uzoq uchishlarni yengillashtirish kerak. Har bir qush to‘g‘ri qo‘shnisi ortidan uchadi va uning qanotlari hosil qilgan havo oqimi ichida bo‘ladi. Bu energiya saqlashga yordam beradi. Yetakchiga hammasidan ko‘ra qiyinroq, shuning uchun eng kuchli va chidamlisi yetakchi bo‘ladi.

Qushlar barcha qit'alarda yashaydi va butun dunyoni aylanib hayot kechiradigan jonzotlardir. Ular oziq-ovqat uchun yaroqli ӯsimliklar va hayvonlar bor joyda yashaydilar: ӯrmonlarda, tog‘larda, ӯtloqlar va botqoqlarda, dashtlarda, tundralarda va chӯllarda.

Qushlarning patlari madaniyat tarixida katta ahamiyatga ega edi, chunki ular Rim imperiyasi davridan ӯtgan asrning ӯrtalarigacha yozuv uchun ishlatilgan.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati