Qidirish
07/03/25, 12:33
96

Rasmiy munosabat (07.03.2025)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga oid tarqalgan xabar O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganildi.

O‘rganish davomida davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidagi yer maydoni tuman zahirasiga qaytarib olinmaganligi, aksincha, o‘rmon yerlarida yangi ish o‘rinlari tashkil etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida issiqxonalar qurilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mas’ullarning bildirishicha, issiqxonalar qurilishi natijasida fuqarolar bilan ijara shartnomalari tuzilishi, aholining bandligi ta’minlanishi re’jalashtirilgan.