Qidirish
20/03/25, 15:16
333

Rasmiy munosabat (20.03.2025 yil)

Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtachi davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga oid eʼlon qilingan xabar bo‘yicha quyidagilar maʼlum qilinadi.

Qayd etilishicha, hududdagi teraklar maqsadli rejaga ko'ra kesib olingan bo'lib, davlat o'rmon xo'jaligining boshqa hududlarida ishlab chiqarish maqsadida ekib borilmoqda. Daraxt to'nkalarini kavlab olish jarayonida esa tut ko'chatlarini saqlab qolish va zarar yetkazmaslik uchun ular sug'orish tarmog'i arig'i atrofiga ko'chirilgan.

Shuningdek, xabarda keltirilgan Paxtachi davlat o'rmon xo'jaligi faoliyatiga oid holatlar O'rmon xo'jaligi agentligi, Ekologiya vazirligi mutasaddilari va hokimiyat vakillari tomonidan joyida o'rganilgan. Natijada xabarda bildirilgan vajlar asossiz ekanligi ma'lum bo'lgan.