Rasmiy munosabat
Sho‘rchi tumanida bir guruh fuqarolar Sho‘rchi tumani o‘rmon xo‘jaligi bo‘limining tugatilishi hamda xodimlarning mehnati singan yerlarning “Hisor ” o‘rmon xo‘jaligiga berib yuborilishi yuzasidan shikoyat qilishib, Sho‘rchi tumanida o‘rmon xo‘jaligini tiklanishida yordam ko‘rsatilishini iltimos qilishgan.
Hozirda mazkur xabarlar yuzasidan O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan ishchi guruh tuzgan holda Surxondaryo va Hisor davlat o‘rmon xo‘jaliklari mas’ul xodimlari ishtirokida joyida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.