Qidirish
15/01/24, 17:18
1231

Saksovulzorni “toza havo fabrikasi” deb atash mumkin

Saksovulning yashil novdalari sahrodagi tuyalar,qoramollar,qo‘y-echkilar uchun qimmatli ozuqa bo‘lsa, tanasi va shoxlaridan o‘tin sifatida foydalaniladi.Saksovulning 20-25 yasharini kesilsa,ildiz bachkilaridan tez tiklanadi. Faqat bu ishni o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari tomonidan qish faslida, ya'ni daraxtlar mo‘rt va ildiz bo‘g‘zidan sinadigan paytda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Afsuski ayrim fuqarolar qishga o‘tin g‘amlash maqsadida yosh saksovul daraxtlariga ham qiron keltiradi.

Nurota davlat o‘rmon xo‘jaligida 2024 yil uchun Aydarko‘l o‘rmon bo‘limida saksavul ko‘chatxona uchun 5 gektar yer maydonni tayyorlandi va ekish ishlari bajarilmokda.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, saksovulning yana bir ahamiyatli tomoni uning ildizlari qum barxanlarining shamolda ko‘chib yurishining oldini oladi. Bitta saksovul bir yilda 4-4,5 tonnagacha qum barxanlarini ushlab qolar ekan. Ayniqsa Orol dengizi qurishi oqibatida paydo bo‘lgan ulkan sahrodagi qum ko‘chishi, tuzli chang-to‘zonlarning osmonga ko‘tarilishining oldini olish uchun saksovulzorlar barpo etish eng maqbul yo‘l sanaladi.

Saksovulning atrof-muhit havosi musaffoligini ta'minlashda ham xizmati juda katta. Bir gektar maydondagi to‘rt yillik saksovulzor 1158 metr kub kislorod ajratib chiqarishini e'tiborga olsak, buni bemalol “toza havo fabrikasi” deb atash mumkin.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati.