Qidirish
17/03/23, 17:59
1272

Samarali hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligiga Qirgʻiziston Respublikasi oʻrmondan foydalanuvchilar va yerdan foydalanuvchilar uyushmasi bosh direktori Aytqul Burxanov hamda Oʻsh oʻrmon xoʻjaligi direktori Talantbek Borkoshev tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligi bilan Oʻsh viloyatining Oʻsh va Botken viloyatining Uchqoʻrgʻon oʻrmon xoʻjaligilari oʻrtasida koʻchat materiallari, oʻrmon ekinlari yetishtirish va boshqa sohalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xoʻjalik xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar moddiy texnik bazalari va yetishtirilayotgan koʻchatlar parvarishi boʻyicha yaqindan tanishdi va kelgusida hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Dilrabo Boboyeva Oʻrmon xoʻjaligi agentligi axborot xizmati