Soha rivoji yo‘lida belgilab qo‘yilgan dolzarb vazifalar bor
Bugungi kunga qadar O‘rmon fondining foydalanilmayotgan 1.7 ming gektar yer maydonlari o‘zlashtirilib, oborotga kiritildi. O‘rmon fondining cho‘l hududlarida, ya’ni Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi mintaqasida bugungi kungacha jami 163,6 ming gektar, shundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida 98 ming gektar, Buxoro viloyatida 40 ming gektar, Navoiy viloyatida 15 ming gektar va Xorazm viloyatida 10,6 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etildi. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari dala chetlarida 1000 gektar maydonda ihota daraxtzorlari barpo etildi.
Qayd etish lozimki, ushbu tadbirlar uchun jami 856 tonna cho‘l o‘simliklarining urug‘lari jamg‘arildi. O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan iqlim sharoitga mos daraxt va butalar turlaridan 200 gektar maydonda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etildi. 1 ming gektar maydonda dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklarning madaniy plantatsiyalari barpo etildi.
Respublika hududlarini, jumladan Orol dengizining suvi qurigan tubida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar joriy yilda ham izchillik bilan davom ettirilmoqda. Xususan, 2023 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida 127 ming gektar maydonda, shundan 106ming gektar urug‘dan va 4 ming gektar ko‘chatdan “yashil qoplamalar” barpo etildi. O‘rmon xo‘jaliklari va mahalliy aholi tomonidan jami 541tonna, shundan 447 tonna saksovul, 7,2 tonna qandim, 84 tonna qoraburoq kabi cho‘l o‘simliklarining va 2,7 tonna yaylov o‘simliklarining urug‘lari jamg‘arildi. Ushbu jamg‘arilgan urug‘larning 269 tonnasi aholi tomonidan jamg‘arilib, topshirilgan.
Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda aholining yosh qatlami (1 ming nafardan ortiq yoshlar) ishtirokida mahallalar va ijtimoiy tashkilotlar hududlarida 195 ming dona manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi.
O‘tgan yillar davomida sohaga tegishli bir qancha tadbirlar tashkil etildi. O‘rmon xo‘jaliklaridan kelgan yoshlar uchun “O‘rmon xo‘jaligi tajribasi” mavzusida amaliy seminarlar o‘tkazildi. Unda xo‘jaliklarda tashkil etilgan ko‘chatxona, issiqxona, parrandachilik, chorvachilik, asalarichilik haqida mutasaddilar, ishchi-xodimlarga to‘liq ma’lumot berib, o‘z tajribalarini gapirib berishdi.
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan «Men o‘qigan badiiy asar» nomli kitobxonlik kechalari, «Yoshlar - Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari» nomli rahbar va yoshlar uchrashuvlari, Milliy ma’naviyatimizga tahdid soluvchi illatlarning oldini olishga qaratilgan «Diqqat, ogoh bo‘ling: vayronkor g‘oyalar va buzg‘unchi mafkuralar» nomli profilaktik tadbirlar, soha yoshlari uchun hududlardagi «Tabarruk ziyorat» turistik loyihasi doirasida sayohatlar, «San’atning sehrli kuchi» loyihasi doirasida tizim xodimlarini teatr, kino, muzey, kontsert tomoshalar tadbirlari tashkil etildi.
“Mnzilli reja” bo‘yicha Qo‘mita tomonidan 2021 yilda band bo‘lmagan aholi bandligini ta’minlash va ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha 6433 nafar reja olingan bo‘lib, 9472 (yoshlar 3694, xotin-qizlar 1989) nafar ishsiz aholi bandligi ta’minlandi.
Kelgusida uzliksiz o‘quv jarayonini va yagona ta’lim tizimini yaratish, shu jumladan yaxlit elektron o‘quv bilimlar muhitini yaratish borasida informatsion kommunikatsiya texnologiyalardan keng foydalanish rejalashtirilgan.
O‘rmon mutaxassislarini tizimli malakasini oshirish va qayta o‘qitish tizimin rivojlantirish, o‘rmon sohasi mutaxassislarning kvalifikatsion darajalarini belgilash va sertifikatlash mexanizmlarini joriy etish, o‘rta va oliy dargohlarni o‘rmon sohasi tegishli o‘quv darsliklar va metodologik qo‘llanmalar bilan uzliksiz ta’minotini yaxshilash, o‘qituvchilarning malakasini oshirish kabi vazifalar belgilab berilgan.