Qidirish
07/10/23, 17:22
347

Surxondaryo davlat o‘rmon xo‘jaligida qishki mavsum uchun Viola guli yetishtirilyapti

Joriy yilning 29-sentyabr kuni O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Nizomiddin Bakirov o‘rmon xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga bordi.

Agentlik direktori Surxondaryo viloyatiga bo‘lgan amaliy tashrifni Surxondaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi parvarishxonasida yetishtirilayotgan qish mavsumiga mo‘ljallangan Viola gulidan boshladi. O‘rganish asnosida ishchi-xodimlarga kerakli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.

Ma'lumot uchun: Surxondaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi parvarishxonasida yetishtirilayotgan Viola gulining umumiy soni 500 mingta bo‘lib, Surxondaryo viloyati bo‘ylab ekiladi.

Shuningdek, Surxondaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan 1gektar yer ajratilib, tadbirkorlik asosida issiqxonada bulgo‘r qalampiri ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Agantlik direktori Nizomiddin Bakirov bulgo‘r qalampiri ko‘chatlarini ko‘zdan kechirar ekan quvonchini yashirib o‘tirmadi va mana shu joyda mehnat qilayotgan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.