Tabiatni insonlarning ruhiy va jismoniy salomatligi uchun foydasi katta
Shuningdek, Zomin tumanidagi 110 gektar o‘rmon fondi yer maydonlarida “yashil bog‘lar” barpo etish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 44 ming dona ko‘chatlar ekilib, 110 gektar maydonda “yashil bog‘” barpo qilinishiga erishilgan.
“Yashil hudud” DUK va uning hududiy korxonalari tomonidan 347,1 gektar maydonda 122 ming dona tuproq-iqlim sharoitiga mos ko‘chatlar ekilib, “yashil bog‘lar” barpo qilish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida jami 134 ta mahalliy kengashlarning “yashil bog‘lar” barpo etish maqsadida yer ajratish bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi.
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari bilan 2023 yilda respublikamizning 134 ta tuman va shaharlarida jami 347 gektar maydonda “yashil bog‘lar” barpo etish belgilangan.
Xo‘sh, o‘tgan 2023 yilda hududlarda yashil maydonlarni, jumladan “yashil bog‘lar” barpo qilish bo‘yicha O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimidagi “Yashil hudud” DUK tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi?
2050 yilga borib dunyo aholisining 68 foizi shaharlarda yashashi prognoz qilingan. Shaharlarga hamma sig‘ishi mumkin, lekin kislorod hammaga yetishi, ekologiyaning ahvoli xarob bo‘lmasligi uchun nimalar qilish kerak? Albatta buning uchun yashil maydonlarni saqlab qolish hamda uni yanada kengaytirish eng asosiy vazifalardan biri bo‘lmog‘i lozim.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘li va tog‘oldi hududlarda 30 ta vazirlik hamda idoralar tomonidan “yashil bog‘lar” tashkil etish belgilangan bo‘lib, jami 638,6 gektar maydonda, 334 ming dona daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilib, “yashil bog‘lar” barpo etildi.
Ushbu tadbirlar doirasida “Yashil hudud” DUK tomonidan loyiha-smeta hujjatlari asosida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “yashil bog‘i” hududida 29,3 ming dona, Yoshlar siyosati va sport vazirligi “yashil bog‘i” hududida 10 ming dona, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi “yashil bog‘i” hududida 7,5 ming, Tashqi ishlar vazirligi “yashil bog‘i” hududida 6 ming dona Madaniyat vazirligi “yashil bog‘i” hududida 5 ming dona, shuningdek, Biznesni rivojlantirish banki “yashil bog‘i” hududida 12,5 ming dona va Asaka banki “yashil bog‘i” hududida 7,5 ming dona, ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi. Mazkur tadbirlar 2024 yilning bahor mavsumida ham davom ettiriladi.
Qayd etish lozimki, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumida “Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda “Yashil zamin” loyihasi doirasida 2023 yil bahorgi ko‘chat ekish mavsumida Toshkent shahrining Yangihayot va Chilonzor tumanlaridagi jami 3 ta hududda 4 ming 659 dona, kuz mavsumida esa Olmazor va Yangihayot tumanlaridagi jami 4 ta hududda 2 ming 550 dona hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan bu kabi ishlar albatta kelgusida tuman va shaharlarimizda ekologik holatni yaxshilanishiga, yashil maydonlarni kengayishi xizmat qiladi.
Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati