Qidirish
11/10/23, 14:35
697

Tadbirkorga auktsionda yutib olgan emas, boshqa joydan yer ajratilganmi?

“Aspekt 24” axborot agentligining joriy yil 4 oktyabrь kuni Yutub platformasiga joylagan videolavhasida iddao qilinishacha, Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi mutasaddilari Pop tumani Qo‘shminor MFY da yashovchi fuqaro Yahyoyev Sarvarxonga “e-auksion” platformasi orqali yutib olgan ayni manzildagi emas, balki boshqa hududdagi yer maydoni berilgan.

Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 dekabrdagi 993 sonli qarorida “Davlat o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘rsida”gi qaroriga asosan o‘rmon yer maydonlari yuridik va jismoniy shaxslarga elektron auktsion orqali uzoq muddatga ijara shartnoma asosida berilishi ko‘zda tutilgan.

Shunga ko‘ra, Pop tumani Qo‘shminor MFY da yashovchi fuqaro S. Yahyoyev tomonidan 2022 yil 21 dekabr kuni elektron auktsionga 21059-lot bilan Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi Oqtepa bo‘limining 28 dala konturidan 0,52 gektar yer maydoni qo‘yilgan. Auktsionda yuqorida aytilganidek, fuqaro S. Yahyoyev ishtirok etgan va ko‘rsatilgan manzildagi yer maydonini yutib olgan. Xo‘jalik mutasaddilari fuqaro S. Yahyoyev bilan uchrashib aynan shu yer maydoni haqiqatdan 21059-lot bilan auktsionga qo‘yilganligini faktlar asosida tushuntirib bergan.

Shuningdek, videotasvirda o‘rmon xo‘jaligi hududidagi kesilgan daraxtlar va hovuz tanqid ostiga olingan. Bu kesilgan daraxtlar 3 tup terak bo‘lib biologik muddati tugaganligi sababli O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktorining 2022 yil 23 sentyabrdagi 165-sonli buyrug‘i 8-son chiptasiga asosan xo‘jalikning 64-sonli dala kontiridan kesishlar amalga oshirilgan.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 22 noyabrdagi “Respublika o‘rmonlarini himoya qilish bo‘yicha ayrim me'yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 506-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalari tasdiqdiqlangan.

Ushbu qoidaga asosan, o‘rmonni parvarish qilish uchun kesishga qaramog‘ida davlat o‘rmon fondi bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan ruxsat beriladi. Ya'ni, O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklarining o‘rmon fondi yerlarida daraxtlarni kesish uchun Agentlikning tegishli o‘rmonlarni parvarishlash va qayta tiklash to‘g‘risidagi buyrug‘i asosida o‘rmon kesish chiptalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng kesiladi. Ko‘chat ekish mavsumida o‘rniga yangi nihollar o‘tqaziladi. Suv havzasi esa sizot suvlarni bir joyga to‘plash, yerlar botqoq bo‘lishini oldini olish maqsadida kovlangan.

Tadbirkorga auksionda yutib olgan emas, boshqa joydan yer ajratilganmi?