Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, janob Prezident!
Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 67 yoshni qarshi oldi.
Shu munosabat ila, O‘rmon xo‘jaligi agentligi jamoasi nomidan Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy muborakbod etgan holda, Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxtu-saodat tilaymiz!
Bugun qayd etish joizki, davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari, olib borayotgan odilona siyosati, islohotlari,
cheksiz mehnatlari zamirida avvalo, inson manfaatlari, xalqimiz farovonligi, mamlakatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan ezgu amallar mujassam.
Bugun Sizning tashabbus va g‘oyalaringizni xalqaro hamjamiyat ham e’tirof etmoqda, tan olmoqda. Ko‘plab xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning natijalari ijobiy qayd etilmoqda.
Eng muhimi, olib borayotgan ulkan islohotlaringizni yanada samarali davom ettirish, yurtboshi sifatida xalqimizning farovonligi va tinchligini ta’minlash hamda barcha ezgu niyatlaringizni amalga oshirishda aziz boshingiz omon bo‘lsin!
O‘rmon xo‘jaligi agentligi