Qidirish
28/04/23, 09:08
661

Tog‘ archalari tarkibida inson salomatligi uchun shifobaxsh xususiyatlar borligini bilasizmi?

Ma’lumki, tog‘larning eng yuqori qismidagi archalar siyrak, bo‘yi past, tanasi qiyshiq, sershox bo‘lib, ko‘pincha yer bag‘irlab o‘sadi. Archazorlar 600 — 700 yil (ayrimlari 2000 y. gacha) yashaydi. Tog‘larda suv to‘plash, tuproq eroziyasi oldini olish, sel toshqinlarini bartaraf etish kabi muhim vazifalarni bajaradi.

Archaning xo‘jalikdagi ahamiyati katta. Yog‘ochi me’morlikda, o‘ymakorlikda va qalam yasashda ishlatiladi. Ba’zi turlaridan xushmanzara o‘simlik sifatida foydalaniladi. Qubbalaridan turli moddalar (efir moyi, qatron, qand, mum va organik kislotalar) olinadi. Qubbasining damlamasi tabobatda siydik haydovchi, balg‘am ko‘chiruvchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi. O‘rta Osiyodagi turlaridan olinadigan efir moyining sedrol fraktsiyasi esa jarohatni, suyakning teshilib oqishini davolashda qo‘llaniladi.


O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati