Tuproqlarning unumdorligi nega kamayib ketadi?
Dunyodagi eng unumdor tuproq Nil daryosida joylashgan va qora tuproq deb ataladi. Ushbu tuproq sabzavot va don etishtirish uchun mos keladi.
Tuproqning rangi qanchalik qora bo‘lsa, uning tarkibida organik moddalar va chirindi miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi. Agar tuproqdagi chirindi miqdori 10% yoki undan yuqori bo‘lsa, tuproqning rangi tim qora tusda, 8-10% miqdorda bo‘lganda esa qoramtir yoki to‘q jigarrang tusda bo‘ladi. Chirindi miqdorining kamayib ketishi oqibatida tuproqning rangi to‘q kulrang, kulgang, och kulrang tusga o‘tib, juda kamayib ketganda oqish rangga ega bo‘ladi. Tuproq unumdorligi unga to‘g‘ri ishlov berilganda ortib borib, aksincha, noto‘g‘ri ishlov berish oqibatida kamayib ketadi. Namlik darajasiga ko‘ra, tuproq qatlami ho‘l, zax, nam, namxush yoki quruq bo‘ladi. Tuproq qatlami orasida suv tomchilari sizib tursa ho‘l tuproq hisoblanadi. Tuproqni qo‘lga olib siqilganda undan suv tomsa zax tuproq deyiladi.