Qidirish
15/01/24, 17:20
988

Tutning xususiyati katta

Tut daraxtining bargi ipak qurtining yagona ozig‘i hisoblansa, uning mevalari shirin va to‘yimliligi hamda shifobaxshligi bilan inson salomatligi uchun nihoyatda bebahodir. Tut daraxti juda qadimiy ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, tarixiy manbalarga ko‘ra 5000 yil ilgari Xitoyda tarqalgan. Asrlar davomida xalq selektsiyasi tamonidan Shotut, Balxi tut, Marvarid tut va boshqa ko‘plab tut navlari yaratilib, hozirgi paytda ham o‘stirilmoqda.

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Quyichirchiq ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan fermer xo‘jaligi dala chetlarida tut ko‘chatlari ekish bo‘yicha dala semenari tashkil etildi.

Tadbirda Tuman xokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari, tumandagi tashkilotlar rahbarlari, O‘rmon xo‘jaligi xodimlari, TST klastir hudud rahbarlari hamda Ommaviy axbarot vosita vakillari ishtirok etishdi. Tadbir savol javoblarga boy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Tadbir davomida 4 ming 320 dona tut ko‘chatlari Tumandagi TST KLASTER dala chetlarida ekildi.