Tutzorlar sonini avvalgi yillarga nisbatan ortib borishining sabablari bor...
O‘zbekistonning tabiiy iqlimi va tuproq sharoitlari pillachilik ozuqa bazasini rivojlantirish uchun har jihatdan qulaydir. Pillachilik xo‘jalik uchun qo‘shimcha daromad manbai hamdir.
Tut daraxti boshqa daraxtlar bilan aralashtirib ekilganda, ekinlarni garmsel va sovuq shamollar ta'siridan saqlashda ihota vazifasini bajaradi. Bu xildagi ekilgan tutlarning bargidan ipak qurtiga ozuqa sifatida qisman foydalanish va mevalardan urug olinib, ko‘chat yetishtirish mumkin. Ikkinchi tomondan, tut va boshqa xil ihota daraxtlari o‘z tanasidgi yer osti suvlarini bug‘lantirib sizot suvlari sathini pasaytirishga hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga yordam beradi.
Binobarin, sho‘rlanish va botqoqlanishiga qarshi tut daraxtlarining ahamiyati anchagina kattadir. Har qanday agronom, jumladan pillachilik buyicha mutaxassis tut daraxtidan yuqori hosil olishga erishishi uchun uning organlari tuzilishi, tutni tashqi muhit omillariga bo‘lgan munosabati, ko‘paytirish usullarining agroqoidasi va tut bargi bilan ipak qurti boqish usullarini bilishi zarur.
Buxoro ilmiy tajriba stantsiyasi tomonidan 2 gektar maydon tut urugidan ekish ishlari olib borilmokda.
Ipak qurtining asosiy ozuqa manbai tut daraxti barglari bo‘lgani holda, pillachilik tarmog‘ida mavjud ozuqa bazasini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirish pilla yetishtirish hajmini ko‘paytirishning asosiy omili sanaladi. Sohada uzoq yillardan buyon mehnat qilayotgan insonlar ipak qurti boqish uchun ozmuncha ozuqa zarur bo‘lmasligini yaxshi biladi. Hududlarda katta maydonlarni egallayotgan tutzorlar sonining avvalgi yillarga nisbatan ortib borayotgani boisi ham shundan.
Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati