Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘idagi fototutqichlar holati o‘rganib chiqildi
Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining “Global ahamiyatga ega bo‘lgan bioxilma-xillikni muhofaza qilish maqsadida tog‘li hududlarda o‘rmonva tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va boshqarish” loyihasi doirasida 2023 yil 5-12 iyunь kunlari milliy tabiat bog‘ining Qorong‘i to‘qay-Shtopr-Aygaing hududlarida mutaxassislar tomonidan o‘rnatilgan tasvirga olingan o‘simlik va hayvonot dunyosi to‘g‘risida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish hamda 2022 yilda o‘rnatilgan fototuzoqlarning quvvatlovchi batareyalari va xotira kartalarini o‘zgartirish ishlari olib borildi.
Toldiqsoydan o‘tganda Cho‘loqmergan hududida 2 bosh (yoshi taxminan 1-2 yoshlarda)Sibir tog‘ echkilari ham uchragan. Ularni tasvirga olish imkoni bo‘lmagan.
Qorabog‘ hududida GPS uskunasi yordamida (N 41.98257; Ye 070.55283) fototutqich koordinatasi topilgan, quvvatlovchi batareyalari va xotira kartalari almashtirilgan. Fototutqich xotira kartasi 22.07.2022 yilda almashtirilgan bo‘lib, bir yil mobaynida tushgan rasmlari tahlil qilinganda asosan qor qoploni, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, Sibir tog‘ echkilari, suvsar (kunitsa), tulki, to‘ng‘iz kabi hayvonlar hamda kaklik va boshqa har hil qushlarning fotosuratlari yilning 4 xil faslida tushganligi ma'lum bo‘ldi.
Shuningdek, TSH-003 va TSH-017 raqamli fototutqichlarning ham quvvatlovchi batareyalari va xotira kartalari almashtirilgan.
TSH-003 raqamli fototutqich xotira kartasi 22.07.2022 yilda almashtirilgan bo‘lib, bir yil mobaynida tushgan rasmlari tahlil qilinganda asosan Qor qoploni, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, Sibir tog‘ echkilari, suvsar (kunitsa), tulki, bo‘rsiq, to‘ng‘iz, sichqon kabi hayvonlar hamda kaklik va boshqa har hil qushlarning fotosuratlari yilning 4 xil faslida tushganligi aniqlandi.
TSH-017 raqamli fototutqichni topish biroz vaqt talab etgan. Noma'lum sabablarga ko‘ra mazkur fototutqich joyidan qo‘zg‘alib yerda yotganligi hamda tasmalari yoyilgan holida topilgan. Bu fototutqichga deyarli o‘simlik va hayvonot dunyosi tasviri tushmagan, bor-yo‘g‘i bir marta Sibir tog‘ echkisi va 10 ta kadr har xil qushlar tushgan.
Shtoprsoyda joylashtirilgan TSH-018 raqamli fototutqich o‘rganib ko‘rilganida asosiy avtomobil yo‘ldan 1 kmdan ortiq yuqorida baland tik qoyalarda joylashtirilgan fototutqich joyida turgan bo‘lib, lekin noma'lum sabablarga ko‘ra ishlamagan.
Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati