Qidirish
13/08/24, 09:59
291

Xalq bilan ochiq muloqot qilish mavjud muammolarga barham berish demakdir!

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunining 24-moddasiga ko‘ra, davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxslariga kelib tushgan murojaatlar shu organ, tashkilot tomonidan yoki murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan mansabdor shaxslar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Joylardagi murojaatlar va muammolar yechimini topish maqsadida esa sayyor qabullar tashkil etiladi.

Mavjud qonunchilikka asosan, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tashkil etish, rahbar xodimlarni xalq bilan muloqotga kirishlari uchun asos yaratish maqsadida joylarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar natijasida xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarni imkon darajasida joyida hal etilishiga erishilmoqda.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori N.Bakirovning Buxoro davlat o‘rmon xo‘jaligida fuqarolar bilan shaxsiy sayyor qabuli tashkil qilindi.

Muloqot jarayonida murojaatlar bilan ishlashning natijadorligini oshirish hamda o‘z faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha kelib tushayotgan tizimli muammolarni aniqlab, ularni joylarga chiqqan holda hal etish choralarini ko‘rish hamda hududlarda sayyor qabullar tashkil qilib, takroriylarining ko‘payishi holatlari hamda mavjud xato va kamchiliklarning sabablari chuqur tahlil qilinib, kelgusida ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha boshqarma va xo‘jalik rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida inson manfaatlari ustun ekanligi, korrupsion holatlarning oldini olishda birdamlik muhim ekanligi ta’kidlandi. Har qanaqa sohada xalq bilan ochiq muloqot qilishgina mavjud muammolarga oson barham berishi mumkinligi qayd etildi.