Qidirish
06/09/24, 08:57
1175

XON ATLAS - MILLIY QADRIYATLARIMIZ TIMSOLI

O‘rmon xo‘jaligi agentligi milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazdi.


Agentlikda faoliyat yuritayotgan ayollar milliy liboslarda ushbu tadbirda ishtirok etib, xon atlasning kelib chiqish tarixi va shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.