Xorazm Davlat O‘rmon xo‘jaligida “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Xorazm viloyati IIB mas’ul xodimlari B. Sobirov va D. Masharipovlar taklif etilib, xo‘jalikning barcha ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.
Unda IIB mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda davlat xizmatchilarining “Odob-axloq qoidalari” to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalarining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.