Qidirish
12/12/23, 14:48
2191

Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligida niholxona va ko‘chatxonalarni sug‘orish ishlari olib borilmoqda

Ma'lumki, hozirgi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali ekologik muhitni yaxshilash, hududlarning yashillik darajasini oshirish rejalashtirilgan. Amaliyotga to‘la tatbiq etilayotgan mazkur loyiha doirasida xalqimiz birlashib, bu xayrli va ezgu tashabbusga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Yurtimizning har bir go‘shasida millionlab daraxt nihollari yerga qadalmoqda.

Daraxtni ekish oson, ammo uni parvarishlar nihoyatda mashaqqatli ishdir.

Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi Qoqrali o‘rmon bo‘limida mevali va manzarali urug‘larni ekish va niholxona va ko‘chatxonalarni sug‘orish ishlari olib borilmoqda. Kuzgi mavsumda ekilgan daraxtlarning ham to‘g‘ri o‘sishi nazoratga olindi.