Qidirish
07/03/25, 14:49
107

Xotin-qizlarga ehtirom ko'rsatildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi O'rmon xo'jaligi agentligida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamoada mehnat qilayotgan xotin-qizlar qutlandi.

Tadbirda ishtirok etgan Agentlik direktori o'rinbosari G'olibjon Qurbonov tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ayollarni bayram bilan samimiy tabriklab, xotin-qizlarning oila va jamiyat taraqqiyotida muhim o‘ringa ega ekanligini e'tirof etdi.

Tadbir yakunida xotin-qizlarga bayram sovg'alari topshirildi.