Qidirish
13/12/23, 10:30
2051

Yaponiya o‘rmonchiligi haqida qiziqarli faktlar

O‘rmon xo‘jaligi agentligi Abrorxon Nozimov Yaponiya davlatida safarda bo‘ldi va mazkur mamlakatning o‘rmonchiligi bilan yaqindan tanishdi, tajribalarini o‘rgandi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya mo‘'tadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan bo‘lib, mazkur davlat sharqiy ekzotikasi, noodatiy oshxonasi va g‘ayrioddiy tabiati bilan sayohatchilarni hayratga soladigan dunyoning eng go‘zal mamlakatlaridan biridir. Tog‘lar, vulqonlar, o‘rmonlar va daryolar — bularning barchasi uchta katta va bir nechta kichik orollarda to‘plangan. Yaponiyaning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. Ko‘pgina daryolarning suvi sug‘orishga va gidroenergiya resurslari sifatida sarflanadi. Tuproqlari sariq va qizil rangda bo‘ladi.

Yaponlar tabiat qo‘ynida dam olishni xush ko‘radi. Ular jonli tabiatni asrab-avaylashga intiladi.
Bugungi kunda Yaponiyada 1500 ga yaqin daraxt turlari o‘sadi. Daraxtlar mahalliy iqlimga qarab o‘z shakllarini o‘zgartiradi. O‘rmonlari xilma-xildir. Chunki Yaponiya geografik jihatdan shimoliy-janubiy yo‘nalishda uzun va murakkab relefi va xilma-xil iqlim zonalariga ega. O‘rmonlar Yaponiya yerlarining 25 million gektarini yoki 66% ni egallaydi.

Xususiy o‘rmonlar taxminan 60% ni, jamoat o‘rmonlari taxminan 10% va milliy o‘rmonlarni tashkil qiladi. Ekilgan o‘rmonlar 10 millionga yaqin. Bu ko‘rsatkich o‘rmonlarning 41% ni tashkil qiladi. Tabiiy o‘rmonlar esa. 59% dan iborat.

Qisqa qilib aytganda, Bu mamlakatning hayratlanarli jihatlari bisyor. Tabiati, odamlari, qonunlari — hammasi bir-biriga uyg‘undir.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati.