Qidirish
22/01/25, 08:19
292

"Yashil loyihalar" atrof-muhit uchun qanday ahamiyatga ega?

2025-yilda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida “yashil loyihalar"ni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasida bu borada takliflar kiritilgan.


Unga ko‘ra, loyihalarda suv va xomashyolardan samarali foydalanish, havo va tuproq sifatini yaxshilash, barqaror qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, ekoturizm, yashil transport, yashil binolar, qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.