Qidirish
08/04/24, 11:31
254

“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

O‘rmonchilik sohasida ham amaliy ishlar muhim. Ayniqsa bahor kelishi bilan joylarda ko‘chat ekish, o‘rmonchilikn kengaytirish, bog‘lardagi xatoliklarni to‘ldirish kabi ishlar ayni avjiga chiqadi.

Bo‘ka tumanining "Ezgulik" mahallasida Yashil makon umummilliy harakati doirasida terak va daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida har kim yashillik olamini munosib asrash uchun xizmat qilishga mas'ul ekanligi, kelgusida avlodlarga musaffo tabiat qoldirish uchun tinimsiz mehnat qilish kerakligi qayd etildi.

Mutaxassislar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar xususidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.