Qidirish
09/08/23, 06:11
909

“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirish, bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yil bahor mavsumida loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlarida ko‘chat ekish tadbirlari davomida jami 127,7 mln (rejaga nisbatan 102,2 foiz) dona ko‘chat va qalamchalar ekilib, “yashil makon” elektron platformasiga kiritildi. Ushbu tadbirlari uchun o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 21,8 mln (rejaga nisbatan 101,3 foiz) dona ko‘chat va qalamchalar yetkazib berildi.

Shuningdek, joriy yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Bo‘stonliq tumanida Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligiga ajratilgan yer maydonlarida vazirlik va idoralar tomonidan “yashil bog‘lar” barpo etish ishlari amalga oshirildi. Ushbu hududlarda jami 326 gektar maydonda 146 ming dona daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi. Mazkur tadbirlar kuzgi mavsumda ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2023 yilda jami 347,1 gektar maydonda “yashil bog‘lar”ni barpo etish belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida bugungi kunga qadar jami 131 ta mahalliy kengashlarning “yashil bog‘lar” barpo etish maqsadida yer ajratish bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi. O‘z navbatida hududlarda barpo etiladigan “yashil bog‘lar”ni belgilangan talablar asosida tashkil etish maqsadida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha “Yashilloyiha” loyihalash instituti bilan shartnomalar imzolandi. Hududlarda “yashil bog‘lar” barpo etish ishlari joriy yil kuzgi ko‘chat ekish mavsumda to‘liq yakuniga yetkaziladi.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati