Qidirish
25/10/23, 11:52
697

“Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”

Respublikada ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirilishi muhim qadam bo‘ldi.

Xorazm viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida soha mutasaddilari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda hududlarda ko‘chat ishlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, har bir tumanda ekilayotgan daraxtlar asosan o‘rmonchilar tavsiyalari va maslahati asosida ekilmoqda.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va e’tibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt ko‘chatlarini ekib, bog‘ yaratishimiz zarurdir.