Qidirish
28/09/23, 16:41
651

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi ?

Joriy yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ekologik holatni yanada yaxshilash maqsadida jami 347,1 gektar maydonda “yashil bog‘lar”ni barpo etish belgilangan. Bugungi kunga qadar jami 134 ta mahalliy kengashlarning “yashil bog‘lar”barpo etish maqsadida yer ajratish bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilingan. O‘z navbatida hududlarda barpo etiladigan “yashil bog‘lar”ni belgilangan talablar asosida tashkil etish maqsadida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha “Yashilloyiha” loyihalash instituti bilan shartnomalar imzolandi.

“Yashil loyiha” loyihalash instituti tomonidan “Yashil bog‘lar”ni barpo etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi. Jumladan, Andijon, Jizzax,Sirdaryo,Toshkentviloyati tuman va shaharlarida “yashil bog‘lar” barpo etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlariishlab chiqilib, belgilangan tartibda “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi tomonidan ekspertizadan o‘tkazildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan,Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona,Xorazmviloyatlari tuman va shaharlarida “yashil bog‘lar” barpo etish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etildi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi tog‘li va tog‘oldi hududlarda vazirliklar hamda tashkilotlar tomonidan yashil bog‘lar tashkil etish belgilangan. Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yil bahor mavsumida Bo‘stonliq tumanida jami 326 gektar maydonda 146 mingdona daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, 2023 yil bahor mavsumida Farg‘ona viloyatida bo‘yicha jami 9,3 gektar maydonda “yashil bog‘lar” barpo qilish ishlari amalga oshirildi. Hozirgi kunda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod va Sirdaryo tumanlarida yer tayyorlash ishlari yakunlandi. Hozirgi kunda boshqa hududlarda ham yer tayyorlash ishlari boshlanmoqda. Hududlarda “yashil bog‘lar” barpo etish ishlari joriy yil kuzgi ko‘chat ekish mavsumda to‘liq yakuniga yetkaziladi. Bundan tashqari, Jizzax viloyatining Zomin tumanida Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligi yerlarida 110 gektar maydonda “yashil bog‘” tashkil etish maqsadida 44 ming dona daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

65 gektar maydonda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligibog‘ini tashkil etish bo‘yicha “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertizadan o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar “Yashil hudud” DUK tomonidan 25 mingga yaqin chuqurlar kavlanib, yer tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. O‘z navbatida ko‘chat ekish ishlari joriy yil kuz mavsumida to‘liq amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Qishloq qurilish bank” ATB va “Asakabank” ATB bog‘larini tashkil etish bo‘yicha “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertizadan o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda. Loyihalarga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bog‘ida 22 ming, Raqamli texnologiyalar vazirligi bog‘ida 17 ming hamda “Asakabank” ATB bog‘ida 7,5 ming va “Qishloq qurilish bank” ATB bog‘ida 12,5 ming dona Bo‘stonliq tumanining iqlim-sharoitiga mos ko‘chatlar ekish belgilanmoqda.

Loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng, “Yashil hudud” DUK tomonidan belgilangan maydonlarda chuqurlar kavlash, yer tayyorlash ishlari amalga oshiriladi hamda ko‘chat ekish ishlari joriy yil kuz mavsumida to‘liq amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati.