Qidirish
07/09/23, 12:33
625

“Yashil makon” umummilliy loyihasi shaharlardagi yashil maydonlar hududi kengayishiga xizmat qiladi

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilangan. Bunday keng ko‘lamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida shaharlarimizdagi yashil maydonlar hududi hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirilishi rejalashtirilgan.

Sirdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligida viloyat prokuraturasi xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.Suhbatda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarining kuzgi mavsumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari muhokama qilindi.

Ushbu loyiha doirasida Sirdaryo viloyati o‘rmon xo‘jalining xodimlari tomonidan ekin ekiladigan dala chetlarini tabiatning noqulay hodisalari (qurg‘oqchilik, tuproq eroziyasi, sel, qor va b.)dan saqlash va mikroiqlimni yaxshilash maqsadlarida ihota daraxtzorlari barpo qilish, o‘rmon maydonlarini kengaytirish hamda plantatsiyalar barpo etish yuzasidan kelishib olindi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olinadi. Ular agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati