Qidirish
18/12/23, 17:47
1147

Yashil makonda birga yashaylik!

Bugun mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda belgilab olingan ustuvor yo‘nalishlarning mazmun-mohiyati bizni bir g‘oya atrofida, ya'ni - Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish maqsadi atrofida birlashtirib turibdi.

Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbaridan dunyo ahlining e'tiborini dolzarb masalalarga qaratib, insoniyatga tahdid solayotgan uchta inqiroz - iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikning yo‘qolishi va atrof-muhit ifloslanishini bartaraf etishga doir muhim tashabbuslarni ilgari surdi.


Prezident tashabbusi bilan amaliyotda qo‘llanilayotgan “ Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar esa joylarda jadal davom etmoqda. Xususan, Namangan viloyati Pop ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi Oqtepa bo‘limi o‘rmon fondi yeriga 99216 soni harbiy qisim hamkorligida yashil makon loyihasi doirasida 3 gektar maydonga 2 mingdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar, Qo‘shhovuz bo‘limi o‘rmon fondi yeriga loyiha doirasida 6 gektar maydonga manzarali ko‘chatlar ekildi.

Shuningdek, Pop bo‘limi o‘rmon fondi yeriga Namangan viloyati prokuraturasi hamkorligida yashil makon loyihasi doirasida 5 gektar maydonga 6 mingdan ortiq tez o‘suvchi daraxt ko‘chatlari ekildi.


Dono xalqimizda: "Yaxshidan bog‘ qoladi", degan purma'no hikmat bor. Oilada farzand tug‘ilsa, unga atab ko‘chat ekiladi. Bino, inshoot qurilsa, albatta yonida bog‘ yaratiladi. Kuzgi ko‘chat ekish mavsumida har bir hududda iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda nihollar tanlab olindi va to‘g‘ri agrotexnik tavsiyalar asosida ekib chiqildi. O‘nib chiqadigan har bir daraxt esa ekologiya rivojiga munosib hissa qo‘shadi.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati