Qidirish
16/10/23, 06:55
637

Yashillik olamini kengaytirish bugunning dolzarb masalasidir!

Davlat rahbarining tashabbusi bilan "Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilab berilgan. Bu keng ko‘lamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida hozirgi maydonlar hududi 8 foizdan 30 foizga oshiriladi.

Yashil makon” loyihasi bo‘yicha Toshkent shahrida ko‘chat ekish boshlandi.

Xabaringiz bor joriy yil 14 oktyabr kuni Davlatimiz rahbari “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumini boshlab berdi.

Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Oqtepa va Bog‘zor mahallalariga tashrifi chog‘ida jamoatchilik bilan birga ko‘chat ekdi.

Loyihani davom ettirgan holatda bugun Toshkent shahar Chilonzor tumani Oqtepa mahallasiga O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimidagi Darxon ilmiy tajriba stantsiyasida yetishtirilgan yasen, katalpa, safora hamda tut ko‘chatlaridan jami 200 ta nihol yetkazib berildi.

Mahalla faollari, yoshlar, nuroniylar, obodonlashtirish xodimlari chaqiriqqa labbay deya javob berib ko‘chatlarni o‘tqazdilar. Shu orqali Oqtekpa mahallasining “Yashil makon” i kengaydi.  

Ma'lumot uchun, joriy yil 11 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish va “Yashil makon” loyihasining kuzgi mavsumini tashil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tgan edi. Kuzgi daraxt ekish mavsumida jami 85 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan.

Shuni ham ta'kidlash lozimki,hozirgi kunda O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan Toshkent shahridagi 585 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga ko‘chatlar yetkazib berish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.