Yaxshidan bogʻ qolur…
Maʼlumki, oʻtgan 2022yilda Prezidentimiz boshchiligida mahallalarda tizimli muammolarni hal qilish boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 75 million dona va 2023yil bahorda yana 125 million dona mevali va manzarali koʻchatlar ekish vazifasi yuklatilgan edi. Shuningdek, bugungi va kelgusidagi ekologik vaziyat inobatga olinib, daraxt ekish ishlari davlat siyosati darajasiga olib chiqildi.
Nizomiddin Bakirov Qashqadaryo viloyati Kitob davlat Oʻrmon xoʻjaligiga tashrif buyurib, koʻchatchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Qayd etish lozimki, barpo etilayotgan yashil maydonlarga tuman yoki shahar hokimining qarori bilan masʼullar biriktirib qoʻyilgan boʻlib, ular daraxtlarni parvarishlash bilan birga, ushbu hududni obod saqlashga ham javob beradi.
Nizomiddin Bakirov Kitob davlat Oʻrmon xoʻjaligi mutasaddilari bilan uchrashuvda ekologiya, daraxt ekish va parvarishlash boʻyicha oʻz tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi.