Yer ijaraga berish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 dekabrdagi 993-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tartibini ta’minlash maqsadida tabiiy pistazorlarni madaniylashtirish va qayta tiklash uchun __________ davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmon fondi yerlarini investitsiyaviy shartnoma va davlat-xususiy sheriklik asosida yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga olish huquqini kimoshdi savdolari asosida sotish to‘g‘risida
MA’LUMOTLAR
O‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish auktsion portaliga ijara-urmon.uz manzili orqali kirishingiz mumkin, portal test rejimida ishga tushirilgan.
Ijaraga beruvchi - O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi;
manzili - Yuridik manzili, Toshkent shaxri, Chilonzor tumani, qatortol ko‘chasi 8/21. Xaqiqatda joylashgan joyi Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi 2 uy;
aloqa telefoni -71-263-08-24
elektron pochta manzili - ijara@urmon.uz
ijaraga berilayotgan o‘rmon fondi uchastkasining raqami - ilovada;
tavsifi - ilovada;
joylashgan joyi - ilovda ko‘rsatilgan;
o‘rmondan doimiy foydalanuvchining nomi - ___________ davlat o‘rmon xo‘jaligi;
ijara muddati - uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmagan muddatga;
o‘rmon fondi uchastkasini ijaraga berish shartlari - ijara to‘lovining eng kam stavkasi o‘rmon fondi uchastkasining bir gektari uchun bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida hisoblanadi. Kim oshdi savdosida ijara to‘lovining eng kam stavkasini oshirib borish shaklida o‘tkaziladi, bunda ijara to‘lovining yillik boshlang‘ich miqdori ijara to‘lovining eng kam stavkasidan kam bo‘lmasligi kerak;
o‘rmon fondi uchastkasidan foydalanish shartlari - BITIM shaklida shartlari belgilab berilgan;
talabnoma shakli - joyida turib elektron shaklda yoki xududdagi xo‘jalikga shaxsan borib yozma shaklida;
taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati - jismoniy yoki yuridik shaxsning o‘rmondan doimiy foydalanuvchi xo‘jalik raxbari nomiga arizasi, biznes loyixasi, jismoniy shaxs pasport nusxasi STIR (INN), yuridik shaxs guvoxnoma nusxasi;
xujjatlarni qabul qilishning yakuniy sanasi - ___________
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 dekabrdagi 993-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tartibini ta’minlash maqsadida tabiiy pistazorlarni madaniylashtirish va qayta tiklash uchun _________ davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmon fondi yerlarini investitsiyaviy shartnoma va davlat-xususiy sheriklik asosida yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga olish huquqini kimoshdi savdolari asosida sotish to‘g‘risidagi
ILOVALAR