Qidirish
02/05/23, 09:51
1398

Yer sharida 2 milliard gektarga yaqin maydonlar turli darajada degradatsiyaga duchor bo‘lgan


Yer sayyorasining 71 foizini dengiz va okeanlar, 29 foizini quruqlik tashkil etsa, shundan atigi 11 foizida insoniyat uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foizi yetishtiriladi.




Poytaxtda “Butun jahon yer kuni”ga bag‘ishlab tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish: muammolar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro forumda qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini saqlash va oshirish, degradatsiyaga qarshi kurashish, eroziya, sho‘rlanish, botqoqlanish, cho‘llanish jarayonlarini oldini olish masalalari global miqyosda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar xususida so‘z bordi.




Mazkur tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Halqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati (GIZ) hamkorligida tashkil etildi. Forumda Markaziy Osiyo davlatlatlari, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Koreya Respublikasi va boshqa qator davlatlardan tashrif buyurgan soha ekspertlari, olimlar ishtirok etdi.




BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP) tomonidan tayyorlangan “Global ekologik taraqqiyot” hisobotida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda yer sharida 2 milliard gektarga yaqin maydonlar turli darajada degradatsiyaga duchor bo‘lgan.




Tadbirda ta’kidlanishicha, mamlakatimizda istiqboldagi strategik vazifalar sifatida 2026 yilga qadar 1 million gektar ekin yer maydonlarida tuproqlardagi gumus miqdorini oshirish, sho‘rlangan yerlar miqdorini 100 ming gektarga kamaytirish, 1,7 mln gektar degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklash, 26 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlarida ihotazorlar barpo qilish belgilab olingan. Degradatsiyaga uchragan 232,8 ming gektar hududlarda o‘rmon barpo etish ishlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Orol dengizining qurigan tubida 1,7 million gektar maydonda saksovul, cherkez, qandim kabi sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklardan iborat “yashil qoplamalar” barpo etish loyihalari amalga oshirilmoqda.




Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidanerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, yangi zamonaviy innovatsion texnologiyalarni sohaga joriy etish, tabiiy resurslardan ilmiy asoslangan holda oqilona va samarali foydalanishni tashqil qilish bo‘yichaxalqaro moliya institutlari bilan birgalikda umumiy qiymati 50 million dollarga yaqin qariyb 15 ta loyihalar amaliyotga tadbiq etilmoqda.




Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yerni, ayniqsa o‘rmon fondi yerlarini asrab-avaylab, kelajak avlodlarga bundanda ko‘paytirgan holda qoldirish barchamizning asosiy burchidir. Bugungi kunda mavjud o‘rmon fondi yerlarining saqlash, qayta tiklash va ko‘paytirish, ularning eroziyaga, sho‘rlanishga, botqoqlanishga, cho‘llanishga va tanazzulga uchrashining oldini olish dunyo miqyosidagi eng katta muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.




Cho‘l hududlarida yerdan noto‘g‘ri foydalanish tuproq strukturasini buzib qo‘m ko‘chishiga olib keladi. Qolaversa keyingi yillarda sodir bo‘layetgan qum chang bo‘ronlarining tez tez sodir bo‘lishi yerlardan noto‘g‘ri foydalanish natijasidir. Yerni asrash bilan biz ekologik muhitni yaxshilashga, cho‘llanishni oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2019-2022 yillar davomida Orol dengizining qurigan tubida 1 mln 624 ming gektar maydonda o‘rmonlashtirish ishlari bajarildi. Bu bilan cho‘llanishga uchragan yerlar o‘rmonlashtirildi hamda mahsuldor yaylovzorlarga aylantirildi.




O‘rmonchilar tomonidan amalga oshirilgan ikkinchi katta tadbir bu “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirilishi bo‘ldi. Ushbu loyiha doirasida shu yil bahorda respublika bo‘yicha 125 mln tup atrofida ko‘chatlar o‘tkazildi. Bu bilan ochiq bo‘sh yotgan yer maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarga aylantiriladi. Kelgusida bu boradagi ishlar davom ettiriladi. Bundan tashqari o‘rmon fondi yerlaridagi mavjud foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan tashloq yerlar reja asosida o‘zlashtirilib kelinmoqda. 2022 yilda 7000 gektar atrofidagi yerlar o‘zlashtirib, foydalanishga yaroqli holga keltirildi. O‘zlashtirilgan maydonlarda asosan tuproq va iqlim sharoitlariga mos daraxt va butalar ko‘chatlari ekilib o‘rmonlashtirildi. O‘rmon xo‘jaliklari oldida yerlarni asrashni samarali tashkil etish uchun ko‘chat zaxirasini yaratishdek - muhim vazifa turibdi. Buning uchun yildan yilga ko‘chat yetishtirish xajmlari ko‘paytirib borilmoqda.




O‘tgan 2020 yilda 87 mln donadan yetishtirilgan bulsa, 2022 yilda 113 mln tupdan ortiq nihol va ko‘chatlar yetishtirildi. Kelgusida ko‘chat yetishtirish hajmini yana ikki barobarga ko‘paytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda respublikamizda o‘rmonzorlar maydoni 3,3 mln gektar ya’ni 7,2 % ni tashkil etayetgan bo‘lsa 2030 yilga borib ularning maydonini ikki barobarga ko‘paytirib 15 % ga yetkazish ko‘zda tutilgan. Huddi shuningdek shahar va aholi yashash maskanlaridagi ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar hozirg