Yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish zarur!
O‘t – inson ehtiyojlari uchun xizmat qiladi. U uy-ro‘zg‘orni isitib, taomlarni pishiradi, insonning boshqa talablari uchun zarur vosita. Biroq, olovdan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Ozgina ehtiyotsizlik ko‘plab noxushliklarga sabab bo‘lishi, moddiy boylik va mulklarni kulga aylantirishi, eng xavflisi – inson hayotini xatarga qo‘yishi mumkin.
Ayniqsa, o‘rmonlarni, yashillik olamini yong‘indan saqlash bugunning dolzarb vazifasidir.
Quyichirchiq ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida hamda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan yong‘in qoidalari targ‘ibotiga oid profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mavzuga tegishli ma'lumotlar va taqdim etildi. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati