«Yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha «Dolzarb 30 kun»» tadbiri joriy etilmoqda
Ma'lumki, kurrai zaminimizning turli mintaqalarida o‘rmonlarga chaqmoq sababli yashin tushishi yoki iqlimning nihoyatda qurg‘oqchiligiva inson omillari tufayli o‘rmonlarda o‘rmon yong‘ini kelib chiqayotganligi kuzatilmoqda.
Yong‘in xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida 2023 yil 10 iyuldan 10 avgustga qadar respublika hududida «Yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha «Dolzarb 30 kun»» tadbiri joriy etilmoqda. Mazkur tadbir jarayonida O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutasaddilari tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirib borilishi ta'minlanadi.
O‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar har bir uchastka (o‘rmon uchastkasi)da yong‘inni o‘chirishning dastlabki vositalarini saqlashi, zarur bo‘lganda o‘rmonlardagi ayrim yong‘inlarni boshlang‘ich bosqichda o‘chirishni mustaqil ravishda tashkil etishi tashkil etiladi. O‘rmon xo‘jaligi uchastkalarida o‘t o‘chirish anjomlari va vositalarini saqlash uchun o‘rmon uchastkasi boshliqlari (o‘rmonchilar)ga biriktirilgan binolar, shuningdek mayda ta'mirlash uchun asbob-uskunalar va anjomlar bo‘lishi nazoratdan o‘tkaziladi.