Qidirish
21/07/23, 22:44
1401

Yong‘inga qarshi kurash oyligi targ‘ibot tadbirlari bilan davom etmoqda

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, 2023 yil 10 iyulь – 10 avgust kunlari respublika hududida “Yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri amalga oshirilmoqda.

Yurtimizda 10 iyuldan 10 avgust kuniga qadar yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida bo‘lib o‘tayotgan “Dolzarb 30 kun”oyligi munosabati bilan Zomin milliy tabiat bog‘ida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Qayd etilishicha, o‘ta muhim, toifalangan va iqtisodiyot ob'ektlari, yonish-portlash xavfi yuqori hamda favqulodda vaziyat yuz berish darajasi yuqori bo‘lgan boshqa ob'ektlar, shuningdek, odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ta'minlanadi.

Soha mutaxassislari ishtirok etgan mazkur tadbirda yong‘inlarning kelib chiqish sabablari va yong‘in chiqqanda harakatlanish yo‘llari va usullari ishtirokchilarga tushuntirildi va yong‘inga qarshi kurashda ishlatiladigan asbob-uskunalardan foydalanish qoidalari bo‘yicha ma'lumot berildi. Yong‘inlarni odini olish va unda harakatlanishga doir amaliy mashqlar ko‘rsatildi.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati