Qidirish
24/09/24, 12:17
743

Yong‘oqni ekish va hosil olish

Yong‘oq daraxti yerning meliorativ holatini ham yaxshilaydi. Yong‘oqzorlar xalq xo‘jaligi uchun zararli bo‘lgan sel oqimlari va tuproq eroziyasi jarayonlarining oldini oladi.

Yong‘oq daraxtini ekish va parvarishlashda innovatsion resurs tejamkor texnologiyalar, tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etilmoqda. Bu daraxt ekilgan maydonlarda o‘z vaqtida ishlov berilishi va agrotexnika tadbirlarini sifatli bajarilishi uning hosildorligini oshishiga yordam beradi. Xususan, 2022-yilda ushbu agro tadbirlarni samarali o‘tkazilishi natijasida hosildorlikni gektariga 8-10 tonnadan 10-11 tonnagacha oshirilishi kutilmoqda. Yong‘oq daraxti hosili sentyabr-oktyabr oylarida yig‘ishtirib olinadi.

Respublikada yong‘oq daraxtidan ko‘proq hosil olish maqsadida intensiv usuldagi bog‘lar tashkil etilmoqda. Ushbu bog‘larning afzalliklari esa quyidagilardan iborat:

Hosilga erta kirishi (ekilgandan 3-4 yildan so‘ng);

Gektaridan hosildorlik yuqori bo‘lishi;

Suv resurslarini tejash va boshqarish imkoni (tomchilatib sug‘orish);

Shakl berishning va boshqarishning qulayligi;

Zararkunanda va kasalliklarni boshqarish va kurashish qulayligi;

Yuqori sifatli va nisbatan bir xil meva olish;

Sarflangan xarajatni tezda qoplash imkoni;

Mexanizatsiyadan samarali foydalanish;

Terimning qulayligi;

Yerdan turib ko‘p ishni bajarish ishchilar xavfsizligini hamda ish unumdorligini oshiradi.