Zilziladan saqlanishning oddiy usullarini bilish insonga o‘zi va yaqinlarining hayotini favqulodda vaziyatda saqlab qolish imkoniyatini beradi
Ma'lumki, davlat rahbarining 2022 yil 30 maydagi “O‘zbekiston respublikasining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining 2-ilova 10.3 bandi “Tashkilotlarda tegishli soha mutaxassislarini jalb etgan holda zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalar yordamida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish” topshirig‘i belgilab berilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Ekalogiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligida soha mutaxassislarini jalb etgan holda o‘quv semenar tashkil etildi.
O‘quv semenarida Favqulotda vaziyatlar vazirligi bo‘lim boshligi Jahongir Tursunov, Favqulotda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti bo‘lim boshlig‘i Komoliddin Shirinov hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi. Seysmik ma'lumotlarni taxlil qilish va prognozlash guruhi boshlig‘i Mirzohid Haydarovlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida soha vakillari tomonidan zilzila vaqtida xodimlarni xarakatlari, evakuatsiya tadbirlari, shu jumladan binodagi evakuatsiya rejasi va asosiy tark etish yo‘nalishlari tushuntirildi. Ta'kidlanganidek, zilziladan saqlanishning oddiy usullarini bilish kishiga o‘zi va yaqinlarining hayotini favqulodda vaziyatda saqlab qolish, moddiy zararni kamaytirish imkoniyatini beradi.
O‘quv semenari savol javoblarga boy bo‘ldi, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savolga javob oldi.