Zo'ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz!
Ayollarga nisbatan zoʻravonlik – bu jins belgisiga asoslangan jismoniy, jinsiy yoki psixologik zararga olib keladigan yoki ayollarga aziyat yetkazadigan, shuningdek, bunday harakatlarning tahdidlari, jamiyat yoki shaxsiy hayotda boʻlsin, majburlash yoki ayollarga nisbatan zoʻravonlik – inson huquqlarining eng keng tarqalgan buzilishlaridan biridir.
Oʻzbekistonda ham keyingi vaqtlarda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ularga yangi ish oʻrinlarini yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda ushbu masala davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylangan. Shu munosabat bilan ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida turli hil zoʻravonlikka duch kelgan xotin-qizlarni ruhiy qoʻllab-quvvatlash va ularga motivatsiya berish, zoʻravonlikka qarshi targʻibot ishlarini kuchaytirish maqsadida jamoatchilik eʼtiborini ushbu masalaga jalb etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bugun O'rmon xo'jaligi agentligida aynan shu mavzuda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi Yulduz Oripova olib bordi. O'rmon xo'jaligi agentligida faoliyat olib boradigan barcha xotin-qizlar faol ishtirok etib o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishdi