Qidirish

Rahbariyat ma’ruzalari

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan 2017 yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti va joriy yilning II yarim yilligida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida Qo‘mita raisi N.Bakirovning ma’ruzasi


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Hurmatli selektor yig‘ilishi qatnashchilari!

Qo‘mitamiz tashkil etilganiga 3 oy bo‘ldi, o‘tgan qisqa davrda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Men bugungi yig‘ilish kun tartibidagi masalalar ko‘pligini inobatga olib, vaqtingizni ko‘p olmasdan, tizimdagi yutuq va muvafaqiyatlarimiz to‘g‘risida emas, balki Davlat rahbari tomonidan oldimizga qo‘yilgan asosiy ustuvor vazifalar to‘g‘risida to‘xtalmoqchiman.

Bundan buyon qo‘mitamizning davlatimiz oldidagi yutuqlari, albatta tizim idora va tashkilotlari, jumladan xo‘jaliklarimiz tomonidan amalda bajarilgan ishlar ko‘rsatkichi bilan baholanadi. Ushbu ko‘rsatkichlarni yuqori darajaga ko‘tarishimiz uchun olib borayotgan korporativ boshqaruvni, ya’ni jamoa bo‘lib ishlash mexanizmini qayta ko‘rib chiqishimiz zarur.

Bu degani, Qo‘mita bilan hududiy boshqarma o‘rtasidagi, hududiy boshqarma bilan xo‘jaliklar o‘rtasidagi, xo‘jaliklar esa tarkibidagi har bir bo‘lim va bo‘lim mutaxassisi nima ish bilan band, nima ish qilishi kerak, vazifasini to‘liq bajaryaptimi degan savollar bilan tanqidiy qayta ko‘rib chiqishimiz lozim. Bunda:

Qo‘mita quyi tizim korxonalariga sharoit yaratish uchun nima qilishi kerak? Normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish kerakmi? Mablag‘ masalasida yordam kerakmi? Kaysidir yo’nalishlarimizda Hukumat imtiyozlariga zarurat bormi? -Degan savollar bo‘yicha qo‘mita ish boshlagan va yechimini izlamoqda.

Huddi shuningdek, Qo‘mitaning Respublikada joylashgan idora va tashkilotlari Qo‘mita va uning tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari uchun qanday yordam bera oladi?

O‘rmon xo‘jaliklari esa qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun nima qilishi kerak? Ko‘rsatkichlarni ko‘tarish uchun imkoniyati qay darajada? Nima yetishmaydi (texnikami, mexanizmmi, asbob uskunami, normativ hujjatmi yoki boshqa resurslarmi) va qanday muammolar borligini chuqur o‘rganish kerak.

O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tizimida 2017 yil I choragi davomida sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va 2017 yilga belgilangan vazifalar bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari!

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 yanvardagi “Bosh vazir o‘rinbosarlari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, hokimliklar rahbarlarining tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2017 yilgi iqtisodiy va ijtimoiy dasturining eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari” mavzusidagi 1-sonli yig‘ilish bayoni topshiriqlarining ijrosini ta’minlash, ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi” nomli ma’ruzasida bayon etilgan ustuvor vazifalar barchamizning, shu jumladan respublika o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatida ham dasturul amal sifatida qabul qilib olindi. Shuningdek, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi” xalqimiz turmush tarzini yuqori bosqichga ko‘tarish va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan hujjatlardir.

Bugungi kunda Hurmatli yurtboshimiz tomonidan ijro intizomini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori, farmoyishlari, bayonlari, og‘zaki va yozma topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlarini o‘z muddatida so‘zsiz bajarilishini ta’minlash davlat boshqaruvi organlarining birinchi galdagi vazifasi qilib belgilab berildi. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi PQ-2881-son qarori bilan ijro intizomini tashkil etish va hujjatlar bajarilishini nazoratini qilish tizimi belgilab berildi.

Qarordan kelib chiqib, ijro intizomini har bir tashkilot va o‘rmon xo‘jaligi rahbaridan kunlik monitoring qilib, nazoratini olib borishi, tegishli nazorat kartochkalarini belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etish va ta’minlash, bu borada mas’ul xodimlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish choralarini belgilash, hujjatlar ijrosini etarli darajada ta’minlamagan mas’ullarga nisbatan qat’iy chora ko‘rib borish hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Bosh boshqarmaga doimiy axborot berib borish talab etiladi.

Bundan tashqari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqib, o‘rganilishini, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni batafsil o‘rganib, natijasini muallifga ma’lum qilish, har bir fuqaroning murojaatida uning dardi aks ettirilganini inobatga olib, murojaatlarni ko‘rib chiqishda vijdonan yondoshishni talab etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali joriy yilning I choragi davomida O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi faoliyatiga oid yo’llangan murojaatlar jami 36 tani tashkil etib, shundan 15 tasi o‘rmon xo‘jaligi rahbarlarining faoliyatidan norozi bo‘lib yozilgan shikoyatlar, 10 tasi sohaga oid takliflar, 7 tasi ariza (er olish, oylik ish haqqini ko‘tarish, uy-joy ajratilishida amaliy yordam so‘rash) va qolgan 4 tasi o‘rmon fondi erlarida sodir bo‘layotgan noqonuniy harakatlar yuzasidan shikoyatlardir.

Bosh boshqarma devonxonasida 2017 yilning o‘tgan davrida O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 105 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59 taga ko‘paygan. Shundan, 21 tasi Surxondaryo viloyatiga, 18 tasi Qashqadaryo viloyatiga, 14 tasi Samarqand viloyatiga, 7 tasi Jizzax viloyatiga, 25 tasi Toshkent viloyatiga (Toshkent viloyatidagilarning asosiy qismi taklif va arizalarga to‘g‘ri keladi) va qolgan 20 tasi boshqa viloyatlarga to‘g‘ri keladi.

 O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi haqida

Assalomu alaykum,

Hurmatli Abdulla Nigmatovich va Rayosat a’zolari!

E’tiboringizga “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi havola etilmoqda.

Mazkur Qonun loyixasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 77, 245, 261-moddalariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Qonun loyixasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining 2017 yil 24 fevraldagi 03-393-XDF-sonli xati hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 3 martdagi 03/1-395-sonli topshirig‘iga asosan ishlab chiqilgan.

Ushbu Qonun loyihasini qabul qilish zaruriyati quyidagi asosiy sabablarga asoslangan:

birinchidan - o‘rmon fondi erlaridan foydalanish qoidalarini bugungi kun talablariga muvofiqlashtirilishi va qoidabuzarlik turlarini aniq belgilash lozim;

ikkinchidan - qonunni qo‘llash amaliyotida o‘rmon fondi erlaridan foydalanish qoidalarini buzish ishlarini ko‘rib chiqishda ko‘plab muammolar yuzaga kelmoqda;

uchinchidan - o‘rmon fondi erlarida chorva mollarini o‘tlatishga oid taqiq talablarini kuchaytirish zarurati yuzaga kelgan.

Chunki, o‘rmon fondining daraxt va butalar bilan qoplangan maydonida chorva mollarini o‘tlatish oqibatida bir necha yillar davomida ulg‘aygan daraxt va butalar shikastlantirilib uning qurishiga olib keladi, natijada zarar etkazgan shaxs uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima to‘lab jazodan qutulib qoladi. (tana diametri 24 sm li daraxtni shikastlantirish oqibatini qurishga olib kelishi natijasida etkazilgan zarar miqdori eng kam ish haqining 1,9 koyeffitsiyentini ya’ni, 284872,5 so‘mni yoki 40 sm li daraxt uchun zarar miqdori 614077,5 so‘mni tashkil etadi). Bundan tashqari o‘rmon fondi erlari 717 nafar o‘rmon nazoratchilari tomonidan muhofaza etiladi. Qo‘riqlash va muhofaza qilish ishlarini amalga oshirish uchun me’yor bo‘yicha yana 2300 nafardan ortiq nazoratchi shtatlari talab etiladi.

O‘rmon fondida 500 ming gektardan ortiq dorivor o‘simliklar bo‘lgan yaylovzorlar mavjud. Shuning uchun, mazkur kodeksga o‘rmon va dorivor o‘simliklar bilan qoplangan maydonlarda chorva mollarini o‘tlatish o‘simlik dunyosi ob'yektlarini yo’qolib ketishiga sabab bo‘layotganligi uchun o‘rmon va dorivor o‘simliklar bilan qoplangan maydonlarda chorva mollarini o‘tlatish taqiq talablari hamda fuqarolar va mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirilmoqda.

Qonun loyihasi:

O‘rmon fondi erlaridan foydalanish munosabatlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga;

O‘rmon fondi erlarida o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona, tejamli foydalanish tizimini takomillashtirishga;

O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar va o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini ta’minlashga, ularning moddiy manfaatdorligini yanada kengaytirishga;

qonunni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolarni, qonun hujjatlarida mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan.

Abdulla Nigmatovich va Rayosat a’zolari!

Qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilib, keng omma muhokamasi o‘tkazilgan.

Shuningdek Qonun loyihasini ishlab chiqishda bir qator xorijiy (Evropa va mustaqil davlatlar xamdo‘stligi) davlatlarning qonunchiligi ham o‘rganib chiqilgan.

Mazkur qonunni qabul qilinishi quyidagi natijalarni beradi:

birinchidan - o‘rmon fondi erlaridan foydalanish qoidalarini buzishni oldini olishdagi bo‘shlig‘i to‘ldiriladi;

ikkinchidan - o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar va o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari aniq belgilandi;

uchinchidan - o‘rmon fondi erlaridan foydalanish qoidalarini buzishni oldini olishning ta’sirchanligi oshadi;

to‘rtinchidan - o‘rmon fondi erlarida sodir etilgan qonunbuzishni ko‘rib chiqish borasida muammolarning qonuniy echimi belgilanadi.

Qonun loyihasi o‘rnatilgan tartibda manfaatdor vazirlik

va idoralar bilan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, “O‘zfarmsanoat” DAK) kelishilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun xujjatlari monitoringi institutining ijobiy xulosasi olingan.

Hurmatli Abdulla Nigmatovich va Rayosat a’zolari!

Mazkur qonun loyihasi o‘rmon fondidan foydalanishni tartibga solish, o‘rmon qonunbuzilish holatlari yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish, fuqarolar va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirishga, eng avvalo atrof tabiiy muhit va o‘simlik dunyosi ob'yektlarini muhofaza qilishga qaratilgan bo‘lib, uni ma’qullab berilishini so‘rayman.

Qonun loyixhsi ma’qullangan taqdirda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishda bevosita ishtirok etadigan Vazirlar Mahkamasining Ishchi guruhini tasdiqlanishi taklif etiladi.


Hisobotim tugadi, e’tiboringiz uchun rahmat!