Qidirish

Erkin Muxitdinov Madorbekovich

Erkin Madorbekovich Muxitdinov 1976-yil 30-iyulda Andijon shahrida tug‘ilgan. Andijon iqtisodiyot bitirgan. Ma’lumoti bo‘yicha iqtisodchi, bank menejmenti. Bank-moliya akademiyasida magistr darajasini olgan. Yaponiyada Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabida (IDEAS-JETRO) tehsil olgan.


MEHNAT FAOLIYATI:

1996 – 2001-yy. TIF Milliy banki Andijon viloyat filialida turli lavozimlarda ishlagan.

2001 – 2003-yy. Aksiyadorlik-tijorat “Turon” banki Andijon filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

2003 – 2008-yy. Markaziy bankda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2008 – 2010-yy. Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.

2010 – 2017-yy. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining yetakchi konsultanti va shoʻba mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.

2017 – 2023-yy. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2023 – 2024-yy. Ohangaron tumani hokimi,

2023 – 2024-yy. Toshkent viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

2024-y. – h.v. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori sifatida faoliyat olib bormoqda.