G‘ofurjon Karshiboyev Yaxshiboyevich
2024 yil 21 maydan: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari,
Tug‘ilgan yili: 31.08.1970, Tug‘ilgan joyi: Jizzax viloyati Jizzax tumani.
Millati: o‘zbek, Ma’lumoti: oliy.
Mehnat faoliyati
1987-1992 yy. – Jizzax Davlat pedagogika instituti talabasi.
1992-1993 yy. – Toshkent siyosatshunoslik va boshqaruv instituti talabasi.
1993-1996 yy. - Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti talabasi (sirtqi).
1994-1994 yy. – O‘zbekiston XDP Jizzax shaxar Kengashi instruktori.
1995-1995 yy. - Jizzax viloyati Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi.
1995-1998 yy. - Jizzax viloyati Davlat mulki boshqarmasi qoshidagi Ijara markazi direktori, Biznes markazi direktori.
1998-1999 yy. - Jizzax viloyati hokimligi bosh mutaxassisi.
1999-2001 yy. - O‘zbekiston Respublikasi yoshlari “Kamolot” jamg‘armasi Jizzax viloyati bo‘limi raisi.
2001-2004 yy. - Jizzax viloyati davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.
2004-2008 yy. - Jizzax shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari.
2008-2009 yy. - Jizzax shahar hokimining birinchi o‘rinbosari.
2009-2012 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi markaziy apparati boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari.
2012-2016 yy. – Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimi.
2016-2020 yy. – “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi boshqarma boshlig‘i.
2020-2021 yy. – “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Boshqaruv raisining maslahatchisi.
2021-2023 yy. – “O‘zdondonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i. Qo‘shimcha ravishda, buyruq bilan Boshqaruv raisi maslahatchisi vazifasi ham yuklatilgan.
2023-2024 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi “Yashil makon” umummilliy loyihasini tashkillashtirish va monitoring boshqarmasi boshlig‘i.
2024 y.h.v - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari.