G‘olibjon Qurbonov Karimovich
2017 yil 23 iyundan: O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.
Tug‘ilgan yili: 09.06.1984, Tug‘ilgan joyi: Qashqadaryo viloyati Qamashi tuman.
Millati: o‘zbek, Partiyaviyligi: O‘z LiDeP, Ma'lumoti: oliy.
Tamomlagan: 2005 y. Toshkent davlat agrar universiteti (kunduzgi), Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: O‘rmonchilik, Ilmiy darajasi: yo‘q, Ilmiy unvoni: yo‘q, Qaysi chet tillarni biladi: rus tili, Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): yo‘q, Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a'zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim): yo‘q.
Mehnat faoliyati
2001-2005 yy. - Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
2006-2009 yy. - Qashqadaryo markaziy davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmon muhandisi.
2009-2012 yy. - Qashqadaryo viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish inspektsiyasi yetakchi mutaxassisi.
2012-2014 yy. - Qashqadaryo viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish inspektsiyasi bosh mutaxassisi.
2014-2017 yy. - Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori.
2017 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.