Alijon Mamatkarimov Ibragimovich
Tug‘ilgan yili va joyi: 29.05.1973 Namangan viloyati, Pop tumani,
Millati: o‘zbek, Ma'lumoti: oliy 1996 y. Toshkent davlat agrar universiteti (kunduzgi)
Mehnat faoliyati
1990-1991 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi huzuridagi “Shifobaxsh” ishlab chiqarish birlashmasining Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaligi ishchisi.
1991-1996 yy. - Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
1996-1997 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi huzuridagi “Shifobaxsh” ishlab chiqarish birlashmasining Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaligi o‘rmon ustasi.
1997-2000 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi huzuridagi “Shifobaxsh” ishlab chiqarish birlashmasining Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaligi o‘rmonbegisi.
2000-2005 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining “Shifobaxsh” ishlab chiqarish birlashmasini Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaligi direktori.
2005-2008 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining «Shifobaxsh» ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori.
2008-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining «Shifobaxsh» ilmiy ishlab chiqarish markazi bosh direktori.
2015-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.
2017-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasini «Shifobaxsh» ilmiy ishlab chiqarish markazi bosh direktori.
2017-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi «Shifobaxsh» dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi bosh direktori.
2020-2022 yy. - O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmonni qo‘riqlash va muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i.
2022 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi direktori.