Qidirish

Rasmiy munosabat! (03.07.2024 yil)

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida murojaatlar to‘liq nazoratga olinishi, zarur bo‘lganda joylarga chiqib o‘rganilishi va davlat idoralarining ular uchun doim ochiqligi ta’minlanmoqda.

Xususan, navbatdagi murojaatga, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Denovbola MFY, Denovbola qishlog‘ida yashovchi fuqarolar Jovuz va Kitob o‘rmon xo‘jaliklari chegaralari bo‘yicha tushunmovchiliklar bo‘layotganligi va chorva mollarini boqish uchun yaylov yer maydoni ajratilishini hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda Ishchi guruh tuzib joyida o‘rganilishini so‘ragan.

O‘rmon xo‘jaligi agentligining mas’ul xodimlari tegishli tashkilotlar bilan birgalikda joyiga chiqib, mazkur masala fuqarolar ishtirokida bir necha bor o‘rganildi.

Fuqarolarga Jovuz va Kitob davlat o‘rmon xo‘jaliklari chegaralari ko‘rib chiqilganligi, Denovbola o‘rmon bo‘limining 17, 18 va 19 dala konturlari Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi balansida ekanligi va Jovuz davlat o‘rmon xo‘jaligi shartnoma asosida o‘zining hududida chorva mollari joylashtirilganligi tushuntirildi.

Shuningdek, Chorva mollarini boqish uchun Jovuz davlat o‘rmon xo‘jaligi balansida yaylov yer maydoni kam bo‘lsa, Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan berilishi mumkinligi ham tushuntirilib o‘tildi.